• O’zbekiston, Toshkent
  • Ish vaqti : har kuni 14:00-22:00
  • Telefon : +99893 999-13-51
  • Email : vabek@inbox.ru

BIZNING LOYIHALAR

Hozirda ishlayotgan loyihalarimiz.

» » "MILLIY RASMLAR FOTOBANKI"
"MILLIY RASMLAR FOTOBANKI"

"MILLIY RASMLAR FOTOBANKI"

«RIVOJLANISH-5» LOYIHASI


"MILLIY RASMLAR FOTOBANKI"


1.Loyiha nomi


"MILLIY RASMLAR FOTOBANKI" (www.milliyrasmlar.uz)


2. Qisqacha mazmuni

www.milliyrasmlar.uz- saytida jahon internet kontentini milliy mazmundagi rasmlar, siymolar bilan to‘ldirish, o‘zbek milliy qadriyatlarini targ‘ib qilish maqsadida yaratilgan.


3. Muammo

O‘zbek xalqi juda katta boy tarixga ega, madaniy va ma’naviy merosi keng xalq sanaladi. Hozirda bizning ko‘pchiligimiz ko‘chalarda yurganimizda reklama-afishalar, broshyuralar, kitob va jurnal muqovalarida o‘zbek chehralarini o‘rniga xorijiy insonlar chehralari aks etilganini guvohi bo‘lmoqdamiz.

Buning sababi www.google.com, www.yandex.ru kabi mashhur qidiruv tizimlarida O‘zbekistonga oid rasmlar qidirganimizda o‘zimiz istagan rasm topa ololmaymiz. Soatlab qidirib topolganlarimizdan keng foydalanish natijasida uning suratga olgan muallifi tomonidan da’vo qilish havfi bor.

Dunyoda www.shutterstock.com, www.iStockphoto.com, www.123rf.comwww.dreamstime.com, www.bigstockphoto.com, www.depositphotos.com, kabi rasmlar banki bo‘lib ularda 100 milliondan ortiq barcha turdagi rasmlar jamlangan. Hozirda ushbu saytlarning kapitalizatsiyasi milliardlab dollarni tashkil etadi. Bizning milliy kontentimizda bunday foto banklar mavjud emas, bizning ushbu loyihamiz O‘zbekistonda birinchi va eng katta foto bank sanaladi.


4. Muammo yechimi

Respublikamiz bo‘ylab minglab fotograflarning shaxsiy kolleksiyalarida saqlanayotgan millionlab elektron suratlar, keng omma e`tiboriga taqdim etilmayabdi. Endilikda fotograflar o‘zlarining ijod mahsulotlarini www.milliyrasmlar.uzdeb nomlanuvchi rasmlar bozoriga chiqaradi hamda ularni bepul yoki biror narx belgilab sotish natijasida daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Nashriyotlar, tipografiya, poligrafiya, internet axborot tarqatuvchi saytlar, dizayner, web-dizaynerlar, reklama agentliklari, davlat matbuot tashkilotlari, gazeta, jurnallar, televideinya,maqola prezentatsiya uchun illyustratsiya qiluvchilar, rasmlardan reklama tayyorlovchilar va boshqa rasmlardan foydalanuvchilar uchun esa rasm haqini rasm muallifiga qiyinchiliksiz on-line (payme, click) holda to‘lab rasmlardan qonuniy, bexavotir foydalanish imkoniyati yaratildi.

www.milliyrasmlar.uzning 20 ta asosiy va 200 dan ziyod bo‘lim osti bo‘limlarida O‘zbekistonning barcha shaharlari, tarixiy obidalari, an’ana va udumlari, to‘y marosimlarimiz, milliy taom va ichimliklarimiz vatanimiz haqida taassurot uyg‘otuvchi milliy liboslar, hunarmandchilik buyumlarini. yurtimizning chiroyli tabiati, jonivorlari, meva va sabzavotlarini, fuqorolarimiz,chaqaloq, bolalar, erkaklar, ayollar, qariyalar, do‘stlar, ota-ona qiyofalari, o‘z hamyurtlarimizning sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, biznes va moliya, ilm-fan, din, sanoat, transport, sport kabi sohalarda olib borayotgan faoliyatlari aks etgan rasmlar.

Navruz, yangi yil, 8-mart, qurbon hayit kabi boshqa bayramlarimiz uchun poster, turli xil otkritkalar fotoshopda tayyorlanib sotilishi kopchilikka tayyor rasmlardan foydalanishiuchun qulaylik yaratadi va turli rasmlarni joylanishi natijasida qisqa vaqt ichida juda katta o‘zbekona milliy rasmlar portalini yaratib nafaqat O‘zbekistondagi foydalanuvchilar, balkim dunyo bo‘ylab tarqalishi ham taminlanadi.

Eng muhimi barcha foydalanilayotgan rasmlarda vatandoshlarimiz chehralari aks etib turadi. Yosh foydalanuvchlarda milliy mafkura to‘g‘ri shakillanishida oz bo‘lsa ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Xalqimiz ma'rifatini yuksaltirishga, yoshlarimiz ongini to‘gri shakillantirib, o‘zbek chehralarini dunyo internet tarmog‘ida keng tarqalib yurtimizni tanitishda katta hissa qo‘shadi deb o‘ylaymiz.


6.Erishilgan natija


MilliyRasmlar.uz “Start-up tashabbuslari” 2017 tanlovida 419 jamoa ishtirokida8 oy davom etgan saralash bosqichidan  finalgacha yetib kelib 2 o’rinni egallagan g’olib loyihadir.Hozirda MilliyRasmlar.uz web-sayti ishga tushirilib, rasmlar joylab borilmoqda.


7.Nima qilish lozim

Fotograflarni jalp qilish.Ommoviy-axborot vositalari orqali targ’ib qilish lozim.

Loyiha asoschisi:

Azizbek Vafoev (11.07.1989)

vabekv@umail.uzTelefon: +99890 346-63-46

Loyiha bo‘yicha mas’ul:

Ixtiyor O‘lmasov

Telefon:+998944354949


Loyiha yo‘nalishi: AKT / Milliy qadriyat [9][5]

Loyiha shakllantirilgan sana: 02.03.2017

скачать dle 12.0