• O’zbekiston, Toshkent
  • Ish vaqti : har kuni 14:00-22:00
  • Telefon : +99893 999-13-51
  • Email : vabek@inbox.ru

INNOVATSION G‘OYALARIMIZ

AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILAYOTGAN

» » www.xayriya.uz

www.xayriya.uz



« RIVOJLANISH-12» LOYIHASI


WWW.XAYRIYA.UZ


1.Loyiha nomi


www.xayriya.uz(on-line nodavlat notijorat xayriya tashkiloti)


2. Qisqacha mazmuni

Markazlashgan on-line tarzda mablag‘larni yig‘ib, haqiqiy moddiy ko‘makka muxtoj aholining qatlamiga ko‘maklashuvchi nodavlat notijorat xayriya tashkiloti.

3. Muammo

Har bir inson o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib xayriya qilishga intiladi. Lekin ko‘pincha kimga xayriya qilishimizni bilmay, muhtoj insonlarni axtarib qolamiz va hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasdan turib ko‘chadagi tilanchilarga bu pul xozir zarurmi yo‘qmi ?! xayriya qilib yuboramiz.


4. Dunyo amaliyotida

Dunyo amaliyotiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, xozirgi kunda ko‘p shu kabi tashkilotlar faoliyat yuritib kelmoqda bularga misol qilib, www.globalgiving.org, “BBB Wise giving alliance” va boshqa ko‘plab saytlarni keltirishimiz mumkin.


5. Muammo yechimi

Yordam deganda faqat ma’lum bir mablag‘ tushunilmaydi albatta, oddiy insonlar o‘z xizmatlarini, qandaydir kasb egasi o‘z kasbini imkoniyati cheklangan insonlarga o‘rgatish orqali ham yordam ko‘rsata oladilar. Saytda turli xil yordamlashish dasturlari ishlab chiqiladi. Xayriya ulashuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida istalgan joyda, xohlagan vaqtda va hatto eng minimal miqdorda ham xayriya qilishlari imkoni yaratilinadi.


6. Loyiha maqsadi

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz ayni shu vaqtda sizni mablag‘ingizga muhtoj, xayriyaga ehtiyojmand insonlar qayerdadir borligini. Bilamizki, jamyatimizda ijtimoiy ximoyaga muhtoj insonlar qatlami mavjud, ularning og‘irini yengil, mushkulini onson qilish esa eng oily baxtdir.Yordam ko‘magidan so‘ng imkoniyati cheklangan insonlar va og‘ir ahvolda yotgan bemorlardagiijobiy o‘zgarishlardan hikoya qiluvchi materiallar tayyorlanib, yordam bergan barcha insonlarga minatdorchilik sifatida “Tashakkurnoma” elektron tarzda jo‘natilinadi. Ishonchliligini oshirish maqsadida saytda muntazam ravishda rasmlar, videolavhalar hamda intervyular tashkillashtirilgan holda, mablag‘lar to‘g‘ri muruvvat uylariga yoki extiyojmand oila, qariyalar va og‘ir bemorlarga ishonchli yetkazilayotganligi haqida axborot berib turiladi. Ko‘ngililar orqali ham yirik tashkilotlar taniqli shaxslarni jalb etgan holda ko‘rsatuvlar tayyorlab o‘z brendimizni tanitamiz va saxovatpeshalikka butun O‘zbekistonni jalb qilishga harakat qilamiz.

7.Nima qilish lozim

Xayriya.uz domeni bizga tegishli, ushbu domen nomi ostida nodavlat notijorat xayriya tashkilotini tashkil etib faoliyatni yo‘lga qo‘yish zarur.

Loyiha asoschisi:

Azizbek Vafoev (11.07.1989)

vabekv@umail.uz

Telefon: +99890 346-63-46

Loyiha bo‘yicha mas’ul:

Abdushukurov Jasur (07.07.1997)

Jasur.abdushukurov@mail.ru

Telefon: +998998029700



Loyiha yo‘nalishi: Ijtimoiy soha / Innovatsiya [1][12]

Loyiha shakllantirilgan sana: 05.03.2017




Hayriya.uz

Axolini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga ko'maklashish

Hozirgi kunda mamlakatimizning 60% aholisi ijtimoiy himoyaga muhtoj. Moddiy ko'makka muhtoj og'ir ahvolda yotgan bemorlarga, kam taminlangan boquvchisini yo'qotgan aholi qatlamiga amaliy yordam ko'rsatish, ularning muammolarini yechish

1) Boquvchisini yo'qotgan, kam taminlangan shaxslar
2) Og'ir ahvolga tushib qolgan be'morlar


Kam ta'minlanga aholi jadvalini shakllantirish uchun ishchilar 2 mln (3 kishi)

Yurak bilan bog'liq bo'lgan og'ir aperatsiya tufayli chet elda davolanuvchi bemorlar, Tug'ma nuqson bilan tug'ilgan bolalarning ota-onalari

Kam taminlanganlar, keksalar

Nogironlar


v"e-Care" bu shunday dasturki, unga ko`ra har bir kishiistalgan vaqt, istalgan joy va albatta o`z mablag`idan kelib chiqqan holda "Qariyalar uyi", "Bolalar uyi" va shu kabi boshqa joylariga internet dasturimiz orqali xayriya bilan shug`llanishi mumkin.


"e-Care" internet tarmog`i orqali amalga oshirilishini hisobga olgan holda, unda siz istalgan joy, vaqt va hatto eng minimal miqdorda ham xayriya ishlari bilan shug`ullanishingiz mumkin.


Bugungi kunda ko`pchilik insonlar xayriya ishlari bilan shug`ullanish istagi bo`lsa ham unga vaqt yoki qancha miqdorda mablag` yo`naltirishda ikkilanishadi. "e-Care" plastik kartochkasiga ulangandan so`ng, siz hatto eng minimal miqdorda istalgan vaqtxayriya qilishingiz mumkin bo`ladi.



vXayriya App


Plastik kartochkasidagi mablag'dan ehson qilish imkonini beradi

Ilova dastur yordamida masjidlar, mehribonlik uylari, kam ta'minlanganlarga yoki moddiy jihatdan qiynalib qolgan insonlarga yordam berishni istaganlar loyihaning istiqboldagi iste'molchilari hisoblanadi


davlat ko'magiga muxtoj eng avvalo imkoniyati cheklanganlar, so'ng bolalar va qarovchisiz qariyalar uylari hamda shu toifadagi odamlar bilan ishlash uchun tashkil qilinadigan xayriya tashkilotidir va bunda mablag'lar davlat byudjetidan emas balki xayriya tadbirlari hamda ko'ngillilarni jalb qilgan holda keng ko'lamda amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Bu avvalo imkoniyati cheklangan insonlarning jamiyatda o'z o'rinlarini topishga va o'zlaridagi mavjud bo'lgan qobiliyatlaridan maqsadli va unumli foydalnishlaridga ko'mak beradi, lozim bo'lganda istak-xoxishlarga ko'ra ularga tekin master klasslar uyushtirgan xolda kasb hunar sirlari o'rgatiladi va xayriya tadbirlaridan hamda ko'ngilli saxovatpesha insonlardan tushgan mablag'lar orqali ularni moddiy taminlash mumkin bo'ladi, eng muximi bu xarajatlar davlatga (byudjetga) ancha yengilliklar berishi ko'zda turilgan, chunki barcha amallar xayr-saxovat uchun tekinga ko'ngilli (valantyorlar) orqali muntazam amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

Loyiha istemolchilari, eng avvalo imkoniyati cheklangan shaxslarga qaratilgandir, ammo bu loyihani kengaytirish va ommalashtirish rejalashtirilgan albatta, agar biz bu loyihani ommalishtira olsak unda loyiha istemolchilarining ko'lamini kengaytirish ko'zda tutilgan bo'lib, bular qariyalar, go'daklar va bollar uylari bularga qo'shimcha qilganda boquvchisini yo'qotgan qariyalar, yolg'iz ayollar va yana ko'plab misoolar mavjud.


Bizning maqsadimiz, avvalo imkoniyati cheklanganlarga beminnat yordam ko'rsatish va bu orqali oz bo'lsada hukumatimizga moliyaviy va iqtisodiy ko'mak berishdir. Bunga qo'shimcha qilsak, bu loyiha orqali O'zbekistondagi balki kelajakda ma'lum bir chet el davlatlaridagi insonlarning insoniylik tuyg'ularini mehrli, etiborli va ularga imkoniyati cheklangan odamlarning harakatlariga va intilishlariga qarab shukronalik hislarini targ'ib qilish va jamiyatimizdagi yomon illatlar kamayishiga bizor bo'lsada xissa qo'shishdir. Yana bir narsani takidlab o'tishimiz kerakki, bu loyihada, yordam deganda ma'lum bir mablag' tushunilmaydi, oddiy insonlar o'z xizmatlari xayriya tashkilotining ba'zi tadbirlaridagi faolliklari evaziga ham beminnat yordam ko'rsata oladilar, yana bir yo'li shuki deylik qandaydir kasb egasi o'z kasbini imkoniyati cheklangan insonlarga o'rgatish orqali yordam ko'rsata oladilar, bu mavzuda turli xil insonlar uchun turli xil yordamlashish dasturlari ishlab chiqiladi va shunday yordam berish mumkinligi taklif qilinadi (reklama orqali albatta.) Batafsil tushuntirish uchun vaqt va joy yetarli emas hozircha.

O'ylaymanki, bu loyihaning asosiy maqsadi daromad emas shu sababli, bu loyihada barcha raqobatchilar bizning do'stimizdir!

Bu loyiha g'oyasi ko'ngillilarni manaviy rag'batlantirish uchun jalb qilish va butunlay beminnat xizmatlar tashkillashtirishdir. Lekin agar g'oya ommalashsa va uning foydalilik koeffisenti yuqori bo'lsa ba'zi doimiy xodimlar uchun davlat tomonidan biroz ko'maklashishiga umidvormiz.

Har qanday moliyaviy yordam olish uchun biz maxsus Toshkentdagi taniqli brendlarning turli binolarida 'Ehson qutilari' tashkillashtiramiz, ishonchliligini oshirish maqsadida televideniyadan yordam so'zaymiz va maxsus eshittirish, videolavhalar hamda ko'rsatuvlar tashkillashtirgan holda, mablag'lar to'g'ri muruvvat uylariga yoki ehtiyojmand oila, qariyalar va bolalar uylariga ishonchli yetkazilishini iloji boricha jonli efirda amalga oshirish ko'zda tutilgan. Hamda rivojlantirish va ommalashtirish bosqichida biz o'zimizning maxsus brendimizni tanitgan holda, turli kompaniyalar bilan bitimlar imzolagan holda, ularning maxsulotlarining bir qismiga o'z brendimizni va bu maxsulotdan tushgan pulning nechadur foizi xayriya ishlariga sarflanishini yorliqlar va reklamalar yordamida ommaga e'lon qilamiz, va bu mablag'larning muruvvat uylariga yetkazilishini maxsus video rolik hamda ko'rsatuvlar yordamida ommaga xabar berib boramiz. Bunday aksiyalar tez tez O;zbekistonning barcha xududlarida o'zkazish ko'zda tutilgan, va barcha mablag'lar xayriya ishlariga qaratiladi. Qo'shimcha qilganda bu ko'ngilli yirik ehsonlarsiz bo'lgan xayriya yordamlaridir, ko'ngillilar orqali ham yirik tashkilotlar taniqli shaxslarni jalb etgan holda ko'rsatuvlar tayyorlanadi va saxovatpeshalikka butun O'zbekistonni jalb qilishga harakat qilamiz. Bu loyiha ancha katta ammo agarda amalga oshira olsak, butun O'zbekiston xalqi uchun juda foydali bo'lgan bo'lardi.


Avvalo, bu online tarzda o'zining saytiga ham 'application'iga rga bo'ladi va har qanday yerdan har qanday usulda xayriyalar qabul qilinadi va muruvvat uylariga yetkaziladi.

Reklama ya'ni saytlar, afishalar maxsus uchrashuvlar, televideniya orqali, maqsadimiz foyda emas balki ba'zi imkoniyati cheklangan insonlarning hayotdagi o'z o'rinlarini topishlariga ko'maklashish ekanligini to'g'ri va aniq tushuntirish orqali.

Maxsus bilm, ko'nikmalar va qisman tajriba hamda zarur bo'lgan maslahatlar bilan birga tegishli idora tashkilotlargabu g'oyani boshlash va rivojlantirish uchun yig'inlar tashkillashtirish.

O'ylaymizki, bu dastur butun O'zbekistonga va undagi istalgan insonga hamda aynan hukumatimiz uchun ham foydalilik darajasi yuqori bo'lganligi uchun, bu dasturni ommalashtirish hamda O'zbekiston uchun qisman bo'lsada o'z ko'magini ayamaydigan xalq tomonidan qullab quvvatlash va jamiyatni bir yoqadan bosh chiqarishga undashga umid qilinmoqda.

Eng asosiy maqsadlar bu: imkoniyati cheklanganlarni qo'llab quvvatlash ularga kasb-hunarlar o'rgatish orqali hunarmandchilik va biznesga jalb qilish, turli xayriya tadbirlari tashkil qilish orqali va ko'ngillarilardan mablag'lar yig'ib imkoniyati cheklangan shaxslarga moddiy yordamlar ko'rsatish.



Xayriya.uz

Har bir inson o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib xayriya qilishga intiladi. Lekin ko’pincha kimga xayriya qilishimizni bilmay, muhtoj insonlarni axtarib qolamiz va hech qanday ma’lumotga ega bo’lmasdan turib ko’chadagi tilanchilarga bu pul xozir zarurmi yo’qmi ?! xayriya qilib yuboramiz. Hech o’ylab ko’rganmisiz ayni shu vaqtda sizni mablag’ingizga muhtoj, xayriyaga ehtiyojmand insonlar qayerdadir borligini. Bilamizki, jamyatimizda ijtimoiy ximoyaga muhtoj insonlar qatlami mavjud, ularning og’irini yengil, mushkulini onson qilish esa eng oily baxtdir.

Bizning saytning vazifasi aholini ijtimoiy-ximoyaga muxtoj qatlamini topib ularga amaliy ko’mak berishdir. Yordam deganda faqat ma’lum bir mablag’ tushunilmaydi albatta, oddiy insonlar o’z xizmatlarini, qandaydir kasb egasi o’z kasbini imkoniyati cheklangan insonlarga o’rgatish orqali ham yordam ko’rsata oladilar. Saytda turli xil yordamlashish dasturlari ishlab chiqiladi. Xayriya ulashuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida istalgan joyda, xohlagan vaqtda va hatto eng minimal miqdorda ham xayriya qilishlari imkoni yaratilinadi.

Yordam ko’magidan so’ng imkoniyati cheklangan insonlar va og’ir ahvolda yotgan bemorlardagiijobiy o’zgarishlardan hikoya qiluvchi materiallar tayyorlanib, yordam bergan barcha insonlarga minatdorchilik sifatida “Tashakkurnoma” elektron tarzda jo’natilinadi. Ishonchliligini oshirish maqsadida saytda muntazam ravishda rasmlar, videolavhalar hamda intervyular tashkillashtirilgan holda, mablag’lar to’g’ri muruvvat uylariga yoki extiyojmand oila, qariyalar va og’ir bemorlarga ishonchli yetkazilayotganligi haqida axborot berib turiladi. Ko’ngililar orqali ham yirik tashkilotlar taniqli shaxslarni jalb etgan holda ko’rsatuvlar tayyorlab o’z brendimizni tanitamiz va saxovatpeshalikka butun O’zbekistonni jalb qilishga harakat qilamiz.



скачать dle 12.0
  • Услуга: