• O’zbekiston, Toshkent
  • Ish vaqti : har kuni 14:00-22:00
  • Telefon : +99893 999-13-51
  • Email : vabek@inbox.ru

INNOVATSION G‘OYALARIMIZ

AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILAYOTGAN

» » INNOVATSION G‘OYA MARKAZLARI

INNOVATSION G‘OYA MARKAZLARI



«RIVOJLANISH-10» LOYIHASI


INNOVATSION G‘OYA MARKAZLARI


Iqtidorlarni qidirish emas, ularni yaratish lozim.


1. Loyiha nomi


Kichik innovatsion g‘oya markazlari.


2. Qisqacha mazmuni


O‘z g‘oyasini amalga oshirish uchun tinimsiz mehnat qilishga tayyor yoshlar bor, lekin ularda dasturlash, veb-saytlar yaratish va yuridik bilimning yetarli emasligi yoki moliyaviy muammolar sabab ularning ajoyib g‘oyalari yo‘q bo‘lib ketmoqda. Kimlardadir veb-sayt yaratish, yuridik bilim, mablag‘ bor, lekin ular kreativ fiklay olmaydi. Yoshlarni bir-biriga birlashtirib, innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish, ularning yangiliklar yaratishga qiziqishlarini vaqtida aniqlab, g‘oyadan loyihagacha bolgan bosqichni tezlashtish maqsadida ularga amaliy ko‘maklashadiganInnovatsion g‘oyalar markaz”larini yaratish natijasiga erishish.


3. Loyiha dolzarbligi


Rivojlanishning faol yo‘lidan ketayotgan mamlakatimizning asosiy tayanchi - faol, harakatchan, novator yoshlar hisoblanayotgan bir paytda, ularni qidirib topish va vaqtidaqo‘llab-quvatlash masalasi davlat siyosati darajasidagi masalalardan biri hisoblanadi. Yuzlab yoshlar orasida ba’zidako‘rinmay qolayotgan innovatsion fikrlaydigan yoshlarning hayotimizni yanada yaxshilaydigan, barcha sohalarda qulayliklar yaratilishiga olib keladigan g‘oyalariga e’tibor qaratishimiz kerak. Aynan shu masalada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” PF-5264-sonli farmonida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish, ta’lim tizimida innovatsiyalarni, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etish orqali targ‘ib qilishga ko‘maklashish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanish«Aqlli qishloq xo‘jaligi» «Aqlli tibbiyot» kabi innovatsiyalarni rivojlantirish kabi vazifalarning qo‘yilganligi loyihaning dolzardligini belgilaydi.


4. Loyiha maqsadi


Hayotda barcha xislat, qobiliyatga ega, keng qirrali shaxslarni topish qiyin, barcha xislatlar mujassamlashgan shaxslarni topgandan, turli hil qobilyatga ega bir necha shaxslarni birlashtirib ham talantlarni yaratish mumkin.Loyihdaiqtidorlarni qidirishni emas, ularni shakllantirishni maqsad qilingan.


5. Muammo


Asosiy masala shundaki, faqat iqtidorlarni qidirishgina emas, ularni yaratish lozim. Ya’ni bazi yoshlar kreativ fikllab ajoyib g‘oyalar yaratadi, bazi yoshlarni faqat qo‘lidan dasturlash keladi, bazilar yuridik jihatdan, hisob-kitob, marketingdan kuchli. Bu shaxslarning har birisini alohida faoliyati samarasiz, lekin bularni qobiliyatlarini birlashtirib kuchli sinergetik effekt berib, yangi talantli shaxs yaratish mumkin. Ammo yurtimizdainnovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish uchun mavjud imkoniyatlar va salohiyatdan deyarli foydalanilmayapti.

Jamoa holda ishlash barcha sohalarda bo‘lgani kabi innovatsiyalar yaratish sohasida ham natijaviylikka olib keladi. Bunda jamoa bo‘lib ishlash g‘oyaning qisqa vaqt ichida loyiha sifatida yuzaga chiqishida muhim rol o‘ynaydi. Faqat birgina muammo ularni qanday qilib bir yerda jamlash masalasi turadi xolos. Kerakli yoshlarni bir-biriga hamkorlik asosida birlashtirish natijasida eng qimmatli hisoblangan vaqt masalasida yutiladi. Yashab turgan va har qadamda tezkor o‘zgarishlarga uchrayotgan hayotimizda esa bu muhim omil. Bu yerda asosiy maqsad g‘oyani ma’lum muddat (2-3 oy) ichida amalga joriy qilishga erishish.


6. Yechim


Respublikaning barcha tumanlarida yoshlar ittifoqi tarkibida IGM tashkil etilib unda 3 nafar yosh axborot texnologiyalari sohasi kollej va OTM betiruvchilari veb-sayt yaratuvchi va dasturlovchi sifatida ishga qabul qilinadi. Ularning ishlarini boshqaruvchi yo‘naltiruvchi motivator shaxs tayinlanadi. Markazga g‘oya bilan kelgan yoshlar bilan suhbatlashib, g‘oyasi asosida sayt yoki dastur yaratib, uning ustida ishlash va rivojlantirish uchun g‘oya muallifi rahbar qilib tayinlanadi. Bundan tashqari loyiha negizida www.talant.uz portali yaratiladi va bu sayt novator yoshlarni bir yerga jamlash vazifasini o‘taydi. Sayt orqali ular topiladi, fikrlari bilan har tomonlama taniladi va innovatsiyon g‘oyalar markaziga yo‘naltiriladi. Keyingi bosqichda markazda iqtidor egasi bilan suhbat o‘tkaziladi. Uning g‘oyalari rivojlanish ahamiyati darajasida ekanligi aniqlangandan so‘ng unga markaz tomonidan yo‘nalish berilib, ishchi jamoa shakllantirilib beriladi. Shu tariqa talantlar o‘z g‘oyalari yo‘lida tez ildamlab yurt va o‘z manfatiga ulkan hissalar qo‘shishlari uchun imkoniyat yaratiladi.


7. Natija


Yoshlar darsdan keyin bo‘sh vaqtlarida bu markazga kelib turli innovatsiong‘oyalarini amalga oshirish bilan shug'ullanibgina qolmay, yangi tanishlar ham orttirishadi. Darsdan keyingi vaqtlarini unumli, qiziqarli va maroqli o‘tkazishlari taminlanadi, ular o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va birdamlik munosabatlari shakllanadi.Bu ularninig bir-birlari bilan o‘zaro fikr almashishi natijasida sinergetik rivojlanishga olib keladi.

Bu loyiha natijasida eng muhim masala – jamiyatimizda aslida buyuk ishlarga qodir, lekin ba’zida qo‘llab-quvvatlashning yetishmasligi yoki boshqa sababdan ko‘rinmay qolayotgan yoshlarning yuzaga chiqishiga erishiladi hamda Buyuk zamondosh shaxslar yaratiladi.

Loyiha asoschisi:

Azizbek Vafoev (11.07.1989)

vabekv@umail.uz

Telefon: +99890 346-63-46


Loyiha yo‘nalishi: Iqtidorli yoshlarni shakllantirish / Innovatsiya [8][12]

Loyiha shakllantirilgan sana: 05.02.2017

Bo‘sh vaqtlarni bekor o‘tkazmaslik, yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari shakllanadi.



O‘rganib chiqishlarimiz natijasida shuni tushundikki g‘oya mualliflari ko‘proq tor doirada fikirlagani va ko‘proq g‘oyani o‘ylaganlari sababli uni amalga oshirish va g‘oyalarning keng imkoniyatlari borligi to‘g‘risida( ko‘p xollarda) bilishmaydi ham.



в) қишлоқ хўжалигига инновацияларни жорий этиш соҳасида:

энг аввало, мавжуд ер, сув ва бошқа табиий ресурслардан оқилона фойдаланиш имконини берувчи

аграр секторда қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқаришини максимал даражада автоматлаштириш, ҳосилдорликни жиддий ошириш ва молиявий кўрсаткичларни яхшилаш, шунингдек, мамлакат озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш имконини берувчи инновацион ғоялар, ишланмалар ва технологияларни жорий этишга кўмаклашиш;

соғлиқни сақлаш тизимини, касалликларни барвақт аниқлаш ва профилактика қилишни таъминлайдиган илғор технологияларни,


G‘oyasi bor, fikrlashi kuchli odamlar, qanday qilishni biladi. Lekin qila ololmaydi unga boradi, bunga boradi… keyin unitiladi.


amalga oshirish va g'oyalarining keng imkoniyatlari borligi to‘g'risida bilishmaydi ham.



G‘oyani o‘zi 0 ga teng asosiysi uni amalga oshirish deyiladi.

Bizga ertalab ajoyib fikrlar keladi, tushlikda u g‘oyani amalga oshirish uchun muhokamaga kirishganimizda xitoyliklar ishlab chiqarishni boshlashadi.



G‘oyalar markazi sayti yaratiladi ushbu saytda yangi innovatsion g‘oyalar kiritiladi. Kimgadir biznes boshlash uchun g‘oya kerak bo‘lsa ushbu saytga murojaat qiladi va g‘oyani g‘oya muallifidan sotib oladi

Startup g'oyalar ko‘p, lekin ularning ko‘pchiligi moliyaviy muammolar sabab yo‘q bo‘lib ketadi, biz esa aynan mana shunday startup g'oyalarga chetdan investitsiyalarni jalb qilishda yordam beramiz.


скачать dle 12.0
  • Услуга: