• O’zbekiston, Toshkent
  • Ish vaqti : har kuni 14:00-22:00
  • Telefon : +99893 999-13-51
  • Email : vabek@inbox.ru

INNOVATSION G‘OYALARIMIZ

AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILAYOTGAN

» » MILLIYMAHSULOT.UZ

MILLIYMAHSULOT.UZ



«RIVOJLANISH-9» LOYIHASI


MILLIYMAHSULOT.UZ


1. Loyiha nomi


MILLIYMAHSULOT.UZ ////

HUNARMAND.UZ - Milliy hunarmandchilik mahsulotlarimiz internet bozori


2. Qisqacha mazmuni


Loyihainernet do‘kon sifatida ishlaydi va web-sayt hamda dastur ko‘rinishida bo‘ladi. Bu sayt orqali foydalanuvchi milliy hunarmandchiligimizga oid naqqoshlik, gilam, atlas, adras, chopon, yaxtak, do‘ppi, esdalik sovg‘alari, mayda haykalchalar, kashtachilik, to‘qilgan buyumlar, chinni va sopol buyumlar, taqinchoqlarni on-line xarid qilishlari mumkin boladi. (Amazon.com, Alexpress.com, ebay.com lar kabi). Xarid qilingan maxsulot dunyoning istalgan yeriga pochta orqali yetkazib beriladi.


3. Loyiha dolzardligi


O‘zbekiston xalqlarining boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish va ko‘paytirish, milliy hunarmandchilik, halq badiiy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarni har tomonlama ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli va kompleks chora tadbirlarni amalga oshirish, shu asosda aholi, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida:17.11.2017y. sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5242-son farmonda hududlarda hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarini qurish; hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotish, shuningdek, eksport qilishga ko‘maklashish; xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma, tanlov, yarmarkalarda namoyish etish uchun hunarmandchilik mahsulotlari olib chiqish va tashki bozorlarda milliy hunarmandchilik mahsulotlarini keng tanitish nazarda tutilgan. Shunday ekan demak yaqin yillarda yurtimizda hunarmandchilik rivojlanib, hunarmandchilik maxsulotlari ishlab chiqarish keskin oshadi. Shunday ekan ushbu loyihaga davlat miqyosida ahamiyat qaratilishi lozim.


4. Loyiha maqsadi


  • Loyiha yordamida milliy hunarmanchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini chet elga ekspot qilishi va bu bilan chet el valyutasi(AQSH dollari)ni vatanimizga kelishini ta'minlash;
  • O‘zbek hunarmandchilik namunalarini xorijga keng yoyish, turizm sohasini rivojlantirish;
  • O‘zbek milliy hunarmandchiligi maxsulotlari haqida ma’lumotlar berib borib xorij fuqarolarini yurtimizga tashrif buyurishiga turtki bo‘luvchi sayt sifatida ham xizmat qilish.


5. Muammo


  • Hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarda elektron tijorat bo‘yicha yetarlicha bilim, ko‘nikma mavjud emas;
  • Xar qanday sohada bir narsani ishlab chiqarishdan ko‘ra uni sotish asosiy muammo sanaladi. Shunday ekan ushbu loyihaga davlat miqyosida ahamiyat qaratilishi lozim;



6. Yechim


  • Loyiha asosida ko‘p funksiyasi veb sayt yaratiladi. Ushbu veb saytda milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkor, o‘z mahsulotlarini markazlashgan holda sotilishi taminlanadi;
  • Har bir milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni birlashtiruvchi “hunarmandlar uyushmasi” va pochta hizmati orqali markazlashgan holda amalga oshiriladi.


7. Natija


  • Xorijliklar tizimli katalog yordamida esdalik uchun eng sara milliy buyumlarni on-line xarid qilib vaqti va puli tejaladi;
  • O‘zbekiston va o‘zbek milliyligini dunyoga taniladi;
  • Yurtimizdagi hunarmandchilik, kasanachilik, kulolchilik kabilar bilan shug‘ullanuvchi aholi daromadi oshib ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.


8. Kimlar uchun (haridorlar kim.)


  • Xorijlik tanishlariga vatanimiz haqida taassurot uyg‘otuvchi milliy kiyimlar, hunarmandchilik buyumlarini sovg‘a qilish istaklarida bo‘lgan ish, o‘qish yuzasidanchet elda yurgan va yashayotgan yurtdoshlarimiz;
  • O‘zbekistonga tashrif buyirishga vaqti yoki moddiy imkoniyati mavjud bo‘lmagan vatanimiz milliy kiyim hamda hunarmandchilik mahsulotlariga qiziqqan xorijliklar;
  • Tarixiy obidalar va an'anaviy urf-odatlar bilan yaqindan tanishish uchun tashrif buyurgan va esdalik uchun milliy buyumlarni olib ketishni maqsad qilgan sayyohlar.


9. Hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan asosiy mahsulot turlari


Miniatyura, naqqoshlik, gilam va sholchalar, joynamozlar, atlas, beqasam, adras, salla, chopon, yaxtak, nimcha, do‘ppi, telpak, esdalik sovg‘alari, mayda haykalchalar, qutichalar, pichoq, qilich, xanjar soplari, kashtachilik va to‘qilgan buyumlar, musiqa asboblari, chinni va sopol buyumlari, oddiy metallardan milliy uslubda tayyorlangan barcha taqinchoqlar (tumorlar, ziraklar, zebugardon, bilaguzuk, uzuk, tillaqosh va boshqalar). Yog‘ochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlar.



Loyiha asoschisi:

Azizbek Vafoev (11.07.1989)

vabekv@umail.uz

Telefon: +99890 346-63-46

Loyiha yo‘nalishi: Hunarmandchilik / Turizm/ Innovatsiya [10][11]

Loyiha shakllantirilgan sana: 25.11.2017


скачать dle 12.0
  • Услуга: