• O’zbekiston, Toshkent
  • Ish vaqti : har kuni 14:00-22:00
  • Telefon : +99893 999-13-51
  • Email : vabek@inbox.ru

INNOVATSION G‘OYALARIMIZ

AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILAYOTGAN

» » OZIQ-OVQAT MUVOZANATI

OZIQ-OVQAT MUVOZANATI



«RIVOJLANISH-7» LOYIHASI


OZIQ-OVQAT MUVOZANATI


1.Taklif nomi


QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINIISTE’MOL TALABI DOIRASIDA EKILISHINI REJALASHTIRISHNING INNOVATSION YECHIMI


2. Taklif dolzardligi

Hozirgi kunda oziq-ovqat xavfsizliginita`minlash har bir davlat oldidagi muhim strategikahamiyat kasb etmoqda. Yurtimizdaoziq-ovqatxavfsizliginita`minlashda, uning eksport salohiyatini oshirishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarivatamorqa yer maydonlarini ulushi ham kattaligini hisobga olish zarur.


3. Qisqacha mazmuni

Respublika bo‘yicha yetishtiriladigan oziq-ovqatlarning istemoli va eksport hajmini inobatga olgan holda barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ehtiyoj doirasida yetishtirib narx muvozanatini saqlash. Barcha oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiradigan xo‘jalik toifalari uchun respublika bo‘yicha ayni paytda qancha ekin ekilgani, qancha ekilmoqchiligi, istiqbolda sotish mumkin narx bashoratini beradigan, qanday ekin ekishiga ko‘maklashadigan on-line yangilanadigan ishonchli, aniq yagona ma’lumotlar bazasi yaratish haqida fiklar keltirilgan.


3. Muammo

Respublikamizda ma’lum bir qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining kam yetishtirilishi yoki ko‘p yetishtirilishi oqibatida mahsulotlar taqchilligi yoki isrofgarchilik yuzaga kelmoqda. Misol uchun, bu yil kartoshkaning narxi keskin qimmatlanishi, o‘tgan yili piyoz mahsulotining qimmat bo‘lishi, ko‘p ekilgan pomidor bu yil ko‘p hududlarda arzonlashib ketishi oqibatida yetishtirganlar zarar ko‘rgan. Bunday holatlar doim kuzatilib kelinmoqda.

Shu kunga qadar dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari egalariningekishni rejalashtirayotgan ekin turi, maydoni hamda kutilayotgan hosil miqdori va shakllanishi kutilayotgantaxminiy narxlar haqidagi dastlabki statistik hisob ma`lumotlarining bo‘lmasligi oqibatida quyidagi muammolar yuzaga kelmoqda:

  • Dehqonlarning mavsum paytidaekin turi va maydonini belgilashda turli xil ikkilanishlarning paydo bo‘lishi;
  • Ma`lum bir ekin turining ko‘p ekilganligi natijasida isrofgarchilikning ortishi, narxlarning keskin pasayishi hamda ushbu mahsulotni yetishtiruvchilarning sarflagan xarajatini qoplaolmay iqtisodiy zarar ko‘rishi;
  • Kam yetishtirilgan ekin turi mahsulotlarining taqchilligi sababli bozorlarda ushbu mahsulot narxining oshib ketishi hamda aholi ehtiyojining yetarli darajada qoplanmay qolishi.


4. Taklif

  1. Yuqoridagimuammolar yechimi yuzasidan statistik ma`lumotlaraniqligini ahamiyatini oshirishga doir quyidagicha vazifalarni bajarish lozim:
  2. Hududlar kesimida har bir ekin turi uchun aholi ehtiyojini qondiradigan ekin maydonlarini hisoblab chiqish va xabardor etishni;
  3. Yeruchastka egalaridan ekkan va ekishni rejalashtirilayotgan ekin turi va uning maydonlari to‘g‘risidagi dastlabki to‘g‘ri va xolisona statistik malumotlarni yig‘ish hamda shakllantirishning onlayn tizimini yaratish;
  4. Olingan dastlabki malumotlar asosida kutilayotgan mahsulot miqdori va shakillanishi mumkin bo‘lgan taxminiy narxlarni doimiy bashorat qilib boorish.


5. Natija

  1. O‘zdekistonda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiradigan barcha xo‘jalik toifalari mavsum boshidan qanaqa ekin ekishi, qancha joyga ekishi, necha so‘mga sotishi mumkinligi to‘g‘risida onlayn tarzda va tumanlar kesmida ma’lumotga ega bo‘ladi;
  2. Ushbu statistik tizimda har kuni ro‘yxatga olingan malumotlar asosidatuman, viloyatva Respublika miqyosida yetishtirilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning miqdoriga, aholining yillik iste’moli, eksport hajmini e’tiborga olinib, mahsulotningtaxminiy statistik narxi shakllanadi;
  3. Dehqon ushbu mahsulotning taxminiy miqdori va narxi haqidagi ma’lumotni osongina olishi mumkin bo‘ladi. Agarda ushbu ma’lumotda o‘zi ekmoqchi bo‘lib rejaga kiritib qo‘ygan mahsulot miqdori ko‘paygan va narxi tushganligan kuzatsa boshqa ekilishi kam rejalashtirilayotgan va narxi baland bo‘lishi kutilayotgan mahsulotni yetishtirishini rejaga kiritishlari mumkin bo‘ladi;
  4. Oziq-ovqat taqchilligi kamayadi;
  5. Bir turdagi mahsulotning ko‘payib yoki kamayib ketmasligi oldi olinadi;
  6. Oziq-ovqat bozorida narx muvozanati shakllanadi;
  7. Tizim to‘laligicha xolisono yo‘lga qo‘yilgandan keyin eksport shartnomalarini tuzishdagi ikkilanishlar bartarafbo‘ladi;
  8. Oziq-ovqat eksporti yuzasidan qilingan shartnomalarni to‘liq bajarilishi taminlanadi.


6. Yechim

  1. Bunday dasturni yaratish muammo emas, asosiy muammo ma’lumotlarni tezkor aniq ishonchli kiritilishida. Buni faqat maxsus butun respublika bo‘yicha har bir yer maydoniga borib ma’lumot kiritadigan minglab xodimlar ko‘magida amalga oshirish mumkin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 10-oktabirdagi PQ 3318-sonli qaroriga muvofiq har-bir tomorqa yer egalari o‘z tomorqasidan oqilona, yani qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishda foydalanmaganligi uchun yer solig‘ini uch barobarga oshirishini keltirib o‘tgan. Demak, ushbu qaror yuzasidan O‘zbekiston Davlat Soliq idorasi xodimlari tomorqa yer egalari o‘ziga tegishli yerdan mahsulot yetishtirishda foydalanishini kuzatish, ro‘yxatga olish jarayonida bevosita amalga oshirib boradi.Aynan shu xodimlarning qo‘liga maxsus tayyorlangan dastur berilib qo‘shimcha vazifa yuklanadi.
  3. Yer egalarining, o‘z yerlariga ekin ekkanini nazorat etuvchi xodimlar maxsus internetga ulangan dasturda ekilgan va ekilishi rejalashtirayotgan ekinlarni yer maydoni, ekin turi ekilgan sanasini belgilab boradi.
  4. Barcha yer egalarining yerlari raqamlanib, ma’lumotlarni kiritishda va o‘zgarishlarni qayd etishda aniqlik yaratiladi.
  5. Buning natijasida respublika bo‘yicha xolis, aniq, on-line barcha ekinlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllanadi.


Loyiha asoschisi:

Azizbek Vafoev (11.07.1989)

vabekv@umail.uz

Telefon: +99890 346-63-46

Loyiha asoschisi, mas’ul:

Damir Darmonov

Telefon: + 998 (90) 901-50-99


Loyiha yo‘nalishi: Qishloq xo’jaligi / AKT / Innovatsiya [4][11]

Loyiha shakllantirilgan sana: 07.05.2017


скачать dle 12.0
  • Услуга: