• O’zbekiston, Toshkent
  • Ish vaqti : har kuni 14:00-22:00
  • Telefon : +99893 999-13-51
  • Email : vabek@inbox.ru

INNOVATSION G‘OYALARIMIZ

AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILAYOTGAN

» » GALAOSIYO MILLIY NON MARKAZI

GALAOSIYO MILLIY NON MARKAZI



«RIVOJLANISH-3» TAKLIF


GALAOSIYO MILLIY NON MARKAZI


1.Taklif nomi


GALAOSIYO MILLIY NON MARKAZI.


2.Taklif dolzarbligi

Non o‘zbek xalqi uchun muqaddas sanaladi. Shuning uchun o‘zbek xalqinig nonga bo‘lgan hurmatini, e’tiborini jahonga yoyish muhim. Mamlakatimiz budjetining qo‘shimcha daromadi hisoblangan chet ellik mehmonlarni mamlakatimizga ko‘proq jalb qilish va budjetni chet el valyutasi bilan boyitish muhim sanaladi. Bu markaz ham mamlakatimizga chet ellik turistlarni jalb qilishga va O‘zbekistondagi turistik markazlardan biri bo‘lishiga qaratilgan.

Hozirda mamlakatimiz aholisi kundalik nonga bo‘lgan ehtiyojlarini bir necha non turi bilan (ya’ni 3, 4 ko‘pi bilan 5 turdagi) ehtiyojlarini qondirishaypti. Markazda respublikamizda mavjud bo‘lgan 50 ga yaqin non turlari bir markazda yaratiladi. Hozirgi kunda respublikamizda bunday markaz mavjud emas. Shuning uchun bu loyiha hozirda yangi hisoblanadi.


3.Taklif maqsadi

  • Aholiga turli hildagi nonlarni taqdim etish;

ü Mamlakatimizga turistlarni ko‘proq jalb qilishga ko‘mamlashish;

ü O‘zbekistondagi diqqatga sazovor joylar sonini yana bittaga ko‘paytirish.

ü O‘zbek nonlarini dunyoga tanitish;

ü Bozorlarimizni turli hildagi nonlar bilan boyitish;

  • Qo‘shimcha ish o‘rni yaratish va aholi bandligiga ko‘maklashish.


4.Qo’shimcha

  • Markazda nonning yangi turlarini yaratish, Uning uzoq saqlanishi ustida ilmiy izlanishlar olib boradigan ilmiy xonasi xam bo‘ladi.
  • Sotilmay qotib qolgan nonlarni qayta ishlab (suhariki) sotishga tayyorlaydigan qayta ishlab chiqarish bo‘limi.
  • Kiyinchalik dunyo nonlarini ham tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;


5.Taklif mazmuni

Yurtimizning har bir hududining o‘zining mahalliy non turlari mavjud. Non markazi orqali respublikamizda mavjud bo‘lgan milliy nonlarni bir markazda jamlab, o‘sha hududdagi aholiga va non markazi joylashgan hududning atrofidagi barcha aholi markazadatayyorlanadigan respublikanonlarni qulay narxlarda sotib olishlari, markazda turib uni turli hildagi sut mahsulotsari bilan (masalan qaymoq va boshqalar) iste’mol qilishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda nonning istalgan turiga online ravishda buyurtma berishlari va bo‘sh paytlarida oila a’zolari bilan kelib markazni aylanib, u yerdagi har bir nonvoy bilan fikr almashinishlari mumkin. Markazning shakli non shaklida bo‘lganligi ham u yerga ko‘proq tashrif buyuruvchilarni jalb qiladi. Markazda har bir non turi haqida 3 tildagi (O‘zbek, Ingliz va Rus) ma’lumotlar mavjud bo‘ladi va markazga tashrif buyurgan chet ellik har bir mehmon istalgan non turi haqida ma’lumot olishi mumkin.


6.Markazda qisqacha quyidagi non turlari mavjud bo‘ladi

Samarqand noni, shirmoy non, marg’ilon noni, Namangan noni, Toshkent noni, Samarqand patir, Shirmoy non, Andijon noni, Andijon patiri, Jizzax noni, Shahrisabz noni, go‘shtli non, Navoi sedana noni va boshqalar.


Loyiha asoschisi:

Azizbek Vafoev (11.07.1989)

vabekv@umail.uz

Telefon: +99890 346-63-46


Loyiha bo’yicha mas’ullar:

Damir Darmonov,Jamshid Rasulov

Telefon: + 998 (90) 901-50-99


Loyiha yo‘nalishi: Turizm / Innovatsiya [10][3]

Loyiha shakllantirilgan sana: 05.12.2016




скачать dle 12.0
  • Услуга: