• O’zbekiston, Toshkent
  • Ish vaqti : har kuni 14:00-22:00
  • Telefon : +99893 999-13-51
  • Email : vabek@inbox.ru

YANGILIKLAR

BIZ BILAN BOG‘LIQ

» » » Maqolalar.uz “Start-up tashabbuslari” 2017
Maqolalar.uz “Start-up tashabbuslari” 2017

Maqolalar.uz “Start-up tashabbuslari” 2017

Maqolalar.uz “Start-up tashabbuslari” 2017 tanlovida 419 jamoa ishtirokida 8 oy davom etgan saralash bosqichidan finalgacha yetib kelgan g’olib loyihadir. Hozirda www.maqolalar.uz web-sayti ishga tushirilib, maqolalar joylab borilmoqda.
www.maqolalar.uz (ilmiy maqolalar elektron kutubxonasi)
2. Qisqacha mazmuni
Maqolalar.uz - mamlakatimizda ilm-fan va ilmiy tadqiqot faoliyatini ommaboplashtirish, ilmiy nashrlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda ularning natijalaridan keng jamoatchilikning foydalanishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil qilingan ilmiy maqolalar elektron kutubxonasi.
3. Muammo
O‘zbekiston Respublikasida har yili 250 ga yaqin xalqaro(42), respublika(124), vazirlik(81) va OTM miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkaziladi hamda ularning materiallari to‘plam sifatida chop qilinadi. Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari to‘plamlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari chop qilinadi. Lekin ushbu konferensiya materiallari to‘plamlarida chop qilingan ilmiy-tadqiqot natijalari ushbu konferensiyada ishtirok qilgan yoki ushbu konferensiya materiallari to‘plamlarining chop qilingan nusxasini olganlardan iborat bo‘lgan tor doiradagi shaxslar e’tiboridan tashqari chiqa olmay qolmoqda. 
Ilmiy-amaliy konferensiyalari materiallari to‘plamlarining ayrimlari konferensiya o‘tkazgan tashkilot va muassasalarning internet saytlarida elektron shaklda joylashtirilmoqda. Lekin konferensiya materiallari to‘plamlarining mazkur saytlardagi elektron shaklining yaxlit holda bitta faylda berilishi ushbu to‘plamlarda berilgan ilmiy materiallardan mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilarning va keng jamoatchilikning o‘zini qiziqtirgan mavzu doirasidagi ilmiy ishlar haqida ma’lumot olishiga yetarlicha imkon bermaydi. 
Hozirgi kunda ilmiy tadqiqot faoliyati sohasida mavjud muammolardan biri, chop qilinayotgan ilmiy ishlar sifatining talab darajasida emasligi, ayrim hollarda ilmiy ishlar sonini oshirish maqsadida oldin chop qilingan materiallarini boshqa konferensiyalarga taqdim etish hollari, boshqa mualliflarning ishlariga havolalar qilmasdan ayrim qismini yoki to‘liqligicha ko‘chirib yozish holatlari uchramoqda.
4. Dunyo amaliyotida
Dunyo amaliyotiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari hisoblangan ilmiy jurnal va konferensiya materiallari to‘plamlarida chop qilingan ilmiy ishlarning elektron shakllarini to‘plash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan qiziquvchi shaxslarga ulardan foydalanish imkoniyatidan taqdim etuvchi ma’lumotlar bazalari mavjud. Misol uchun EBSCO HOST, Web of Science, E-library, Cyberleninka.ru va boshqalar.
5. Muammo yechimi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 8-ilovasi 298-bandi “Milliy kontentni rivojlantirish, davlat tilidagi ta’lim, ilmiy-ma’rifiy, yoshlar ehtiyojlariga mos zamonaviy axborot resurslarini, multimedia mahsulotlarini yaratish va targ‘ib qilish mexanizmlarini takomillashtirish” masalasi belgilab berilgan.
Harakatlar strategiyasida belgilangan ushbu vazifalar bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 avgustdagi 625-son “Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror internet jahon axborot tarmog‘ining milliy segmentini g‘oyaviy-mazmunan to‘ldirish hamda internet jahon axborot tarmog‘ida yaratiladigan milliy axborot resurslarini yanada targ‘ib qilish va ommalashtirishni nazarda tutadi. 
Mamlakat rahbariyati tomonidan internet jahon axborot tarmog‘ining milliy segmentini mazmunan to‘ldirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini targ‘ib qilish, chop qilinayotgan ilmiy maqolalarni keng jamoatchilikka taqdim etish hamda tadqiqotchilar uchun o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga doir ilmiy materiallarni izlab topish imkoniyatlarini yaratish maqsadida mamlakatimizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamlarida chop qilingan ilmiy ishlar jamlangan elektron kutubxona www.maqolalar.uz sayti yaratildi. 
www.maqolalar.uz – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini targ‘ib qilish, chop qilinayotgan ilmiy maqolalarni keng jamoatchilikka taqdim etish hamda tadqiqotchilar uchun o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha chop qilingan ilmiy maqolalarni izlab topishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil qilingan. 
Elektron kutubxona mamlakatimizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlari va ilmiy jurnallarda chop qilingan maqolalardan shakllantiriladi. 
Ilmiy jurnallar va ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida chop qilingan ilmiy ishlar matnini har birini alohida www.maqolalar.uz saytida joylashtirish orqali ularning mashhur qidiruv tizimlarida osonlik bilan topilishi ta’minlanadi. Bu bugungi kundagi ilmiy ish natijalaridan keng jamoatchilikni xabardor qilishning muhim omillaridin biri hisoblanadi. 
Ushbu sayt elektron kutubxona foydalanuvchilariga ilmiy maqolalar matnini planshet, mobil telefon va boshqa zamonaviy mobil uskunalar orqali o‘qish imkonini ham taqdim etadi.
6. Loyiha maqsadi
Bir yilda respublika buyicha 250 yaqin konferensiya to’plamlarida 40 000 dan ziyod maqola tezislar chop etilmoqda. www.maqolalar.uz saytiga yaqin 10 yilda barcha konferensiya va ilmiy jurnallarda nashr etilgan maqola va tezislarini to‘plab ushbu saytga joylashtirilsh natijasida 1 millionga yaqin materiallarga ega o‘zbek tilidagi katta elektron kutubxona shakllantirish orqali yurtimizda tahsil olayotgan 5 000 nafar magistr, mingdan ziyod tayanch doktarantura va mustaqil ishlanuvchilar, 30 000 ga yaqin OTM pedagoglari va boshqa maqola yozish istagida materillarni o‘rganuvchilarga keng imkoniyat yaratiladi.
Shuningdek www.maqolalar.uz saytida mamlakatimizda o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallarini joylashtirishi va keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilishi natijasida tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va talabalar tomonidan ilmiy ishlarni chop qilishga taqdim etishda mas’uliyatning oshishiga hamda materiallarning sifatida ustidan ko‘proq ishlashlariga hamda ko‘chirib yozish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.






скачать dle 12.0